Super
Cad3

Tanangizni kalsiy va D3 vitamini bilan to'ldiring!

Qo'shimcha ma'lumot
papainol
Tarkibi:
1 tabletkada: Kalsiy korbonat 800 mg; kolekalseferol (vitamin D3) 5 mkg saqlaydi. Yordamchi moddalar: Kalsiy stearat, apelsin tabiiy konsentrati, saxaroza.
Qo'llanilishi:
Super CaD3 organizmda kalsiy va vitamin D3 yetishmovchiligi holatlarida o'rnini to'ldirish maqsadida, o'sish yoshidagi bolalarda, suyak va tish to'qimalari yaxshi rivojlanishiga, homilador va emizikli ayollarda, keksalarda (kalsiy yetishmovchiligi oldini olish uchun).
Qo'llash usuli:
Super CaD3 tabletkalari ovqat vaqtida chaynab iste'mol qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun 1 tabletkadan 2 mahal, 7 – 12 yoshgacha 1 mahal, 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarga shifokor tavsiyasi bilan doza belgilanadi. Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi: Homiladorlik va emizish davrida ehtiyotkorlik bilan tavsiya etish lozim (shifokor tavsiyasi bilan). Vitamin D3 va uning metabolitlari ko'krak suti orqali ajralib chiqadi. Shu sababli ona va bola organizmiga qo'shimcha kalsiy va Vitamin D iste'molini hisobga olish lozim.
Nojo'ya ta'sirlar:
Kam hollarda oshqozon-ichak sistemasida o'zgarish (ich qotish, qorinda og'riq). Juda kam holatlarda giperkalseuriya, giperkalsiemiya (kalsiyni qonda va peshopda miqdori oshishi). Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: Preparat tarkibidagi komponentlarga nisbatan yuqori ta'sirchanlik. Giperkalseuriya giperkalsiemiya, gipervitaminoz. Uch yoshgacha bo'lgan bolalarda.
Chiqarish shakli:
20, 50 tadan chaynaladigan tabletkalar polietilen flakonda karton qutida.
Saqlash sharoiti:
Super CaD3 yorug'likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) +25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda, zich yopilgan holatda bolalar olmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati: 2 yil. Dori vositasi emas. BFQ.